Joriy yilning 30-sentyabr kuni Litvaning Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi trening kurslariga start berildi. Dasturni Vilnius texnika universiteti rektori Prof.Dr.Romualdas Kliukas kirish so‘zi bilan ochib berdi.
⚪️Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar jumladan, universitetimizning 4 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Erasmus+ "Oliy ta’limda salohiyatni oshirish - CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida tashkil etilayotgan treyning kurslari 30-sentyabrdan 11-oktyabrga qadar davom etadi hamda professor-o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
📁 Ma’lumot uchun: Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga joriy etish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ko‘plab xalqaro loyihalar koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.