📍 Kuni kecha, 28-fevral kuni talabalar uchun Universitetimizda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalarga ekskursiya tashkil qilindi.

  • Asosiy
  • 📍 Kuni kecha, 28-fevral kuni talabalar uchun Universitetimizda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalarga ekskursiya tashkil qilindi.

📍 Kuni kecha, 28-fevral kuni talabalar uchun Universitetimizda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalarga ekskursiya tashkil qilindi.

💳 Talabalar Kompyuter injiniringi fakultetida joylashgan "Sun’iy intellekt" (F404-xona), "IoT&AI" (F307-xona) va "GISLab" (F203-xona) ilmiy-o‘quv laboratoriyalariga, Kiberxavfsizlik fakultetining "Kriptologiya" (D202-xona), "Ma’lumotlarni uzatishda axborot xavfsizligi" (D210-xona) hamda asosiy A binoda joylashgan "Media markaz" va "IT Made" (A032-xona) laboratoriyalariga tashrif buyurishdi.

💬 O‘z navbatida, yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy kutubxonalar holati bo‘yicha ham talabalarga qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

🤝 Talabalarga ekskursiya vaqtida ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati, laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud ishlanmalar haqida ma’lumotlar berildi va natijalar demonstratsiya qilindi. Sohalar bo‘yicha qiziqadigan talabalar hamkorlikda amaliy dasturlar, ilmiy loyihalar va startap loyihalar tayyorlash uchun hamkorlikka taklif qilindi.

❗️Hurmatli talabalar, siz ham bemalol ushbu laboratoriyalar jamoasiga qo‘shilishingiz mumkin. Sizlardan yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ozroq qiziqish va eng asosiysi xohish talab etiladi.