Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Seul Kiber Universitetiga tashrif buyurdi
Tomonlar dastlab ikki universitetlarning tarixi, bugungi kunga qadar bosib o‘tgan yo‘li hamda yutuqlari haqida taqdimot qildilar.
Muhokamalar chog‘ida har ikki universitet rahbarlari masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish va bu yo‘nalishda hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdilar. Xususan, masofaviy ta’lim asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, sendvich hamda frenchayzing dasturlarini yo‘lga qo‘yish takliflari ham ilgari surildi.
Muzokaralardan so‘ng Seul Kiber Universitetida tashkil etilgan infrastruktura, laboratoriyalari, onlayn mashg‘ulot xonalari, ta’lim kontentlarini yaratish va qayta ishlash zonalari hamda mavjud axborot tizimlari bilan tanishildi.
Shundan so‘ng ikki universitet rahbarlari hamkorlikni aniq rejalar va chora-tadbirlar asosida amalga oshirsh buning uchun anglashuv memorandumini yaqin kunlarda ishlab chiqib tasdiqlashga kelishib oldilar.