Muhamma-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori M.A. Raxmatullayev va tayanch doktorantura PhD doktoranti U.Karimov Qirg'izistonda bo'lib o'tayotgan Fan, ta'lim, madaniyat va biznesni rivojlatrishda raqamli muhitni shakllantirishga bag'ishlangan "Issiq ko'l 2019: jamiyatni demokratlashtirish va kutubxonalar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqdalar.
Konferensiya doirasida professor M.A. Rahmatullayev boshchiligida TATU kafedra mudiri t.f.d. B.Mo'minov, TATU doktoranti U.Karimovlar tomonidan yaratilgan integrallashtirilgan axborot-kutubxona ARMAT++ tizimida elektron kutubxona ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha master klass o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, ushbu xalqaro konferensiyada Rossiya, Germaniya, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida quyidagi mavzular bo'yicha seksiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va taqdimotlar o'tkazish rejalashtirilgan:
- Elektron kutubxonalar, elektron kolleksiyalar va fondlarni raqamlashtirish;
- Rivojlanish strategiyasi va kutubxonalarning zamonaviy modellari;
- Mualliflik huquqi va axborotga ochiq kirish;
- Innovatsion rivojlanish modellari: Kutubxona-ijod va dam olish hududi;
- Madaniy merosni saqlash muammolari;
- Yagona axborot makonida kutubxonalarning o'rni;
- Zamonaviy kutubxonada zamonaviy yoshlar;
- Zamonaviy jamiyatda adabiyot va mutolaaning o'rni;
- Kutubxona fondlarini shakllantirishda kitob tarqatuvchilarning roli.
Konferensiya dasturi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin
TATU matbuot xizmati