KOICA agentligining Yevrosiyo bo‘yicha direktori bilan uchrashuv
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari KOICA agentligi bosh ofisiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida agentlikning Yevrosiya bo‘yicha direktori JO, Haeng Lan bilan muzokara o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida TATUda amalga oshirilgan "Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi"ning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, 2022-yildan moliyalashtiriladigan "Global IT biznes ta’lim dasturi hamda FabLab tashkil etish" loyihasining muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, TATUda ta’lim, tadqiqot hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, mamlakat va global IT bozoriga yetuk kadrlarni yetishtirishda xorijiy tajriba va amaliyotni joriy qilish muhim ekanligini ta’kidlandi.
Yangi loyihani amalga oshirishda muhim jihatlari, loyiha samaradorligini baholash me’zonlariga alohida e’tibor qaratildi.