Kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun nimalarni o‘rganish kerak?

  • Asosiy
  • Kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun nimalarni o‘rganish kerak?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "ONESEC" tashkiloti mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda kiberxavfsizlik sohasida ishlash va CTF musobaqalarida qatnashish istagida bo‘lgan talabalar faol ishtirok etdilar.

✅ Uchrashuv davomida mutaxassislar yetuk kiberxavfsizlik mutaxassisi bo‘lish uchun zarur bilim, ko‘nikma va tajribani shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Shuningdek, xalqaro tajribaga ega ekspertlar CTF musobaqalarida muvaffaqiyat qozonish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarni tushuntirdilar.

👨‍💻 Talabalar universitetdagi "Kiberxavfsizlik klubi" (https://t.me/tuit_cybersecurity_club)ga a’zo bo‘lish tartibi va unda rivojlanish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z savollariga batafsil javob olishdi.