Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada — 1-o‘rin!

  • Asosiy
  • Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro musobaqada — 1-o‘rin!

Hack The Box platformasi tomonidan tashkil etilgan Holmes CTF 2026 xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Chill Chain terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi.

Jamoa tarkibida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik klubi mentorlari Quvonchbek Umurzoqov va Shohjahon Abdumannonov ishtirok etib, dunyoning turli davlatlaridan qatnashgan minglab jamoalar orasida 1-o‘rinni egalladi.

25 ta topshiriq birinchi bo‘lib yechildi
3 ta wave’ning har birida 1-o‘rin qayd etildi

Musobaqa 2026-yil 17–21-sentabr kunlari onlayn tarzda, Jeopardy formatida o‘tkazildi.

Musobaqada dunyoning turli davlatlaridan 5 600 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.



G‘oliblarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!