Hack The Box platformasi tomonidan tashkil etilgan Holmes CTF 2026 xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Chill Chain terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi.
Jamoa tarkibida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik klubi mentorlari Quvonchbek Umurzoqov va Shohjahon Abdumannonov ishtirok etib, dunyoning turli davlatlaridan qatnashgan minglab jamoalar orasida 1-o‘rinni egalladi.
25 ta topshiriq birinchi bo‘lib yechildi
3 ta wave’ning har birida 1-o‘rin qayd etildi
Musobaqa 2026-yil 17–21-sentabr kunlari onlayn tarzda, Jeopardy formatida o‘tkazildi.
Musobaqada dunyoning turli davlatlaridan 5 600 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
G‘oliblarimizni ushbu katta yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!