Kiberjinoyat va uyushgan jinoyatchilikka qarshi choralar kuchaytiriladi

  • Asosiy
  • Kiberjinoyat va uyushgan jinoyatchilikka qarshi choralar kuchaytiriladi


⚠️ Kiberjinoyat va uyushgan jinoyatchilikka qarshi choralar kuchaytiriladi

🚫 “Moliyaviy piramida”larni tashkil etish va faoliyat yuritish uchun jazo choralar kuchaytiriladi;

🚫 Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan elektron to‘lov vositasi, kriptohamyon, SIM-karta yoki akkauntlardan kiberjinoyatda foydalanilishiga yo‘l qo‘ysa, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi;

🚫 Yuridik shaxslar axborot va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmasa, oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganidan qat’i nazar ma’muriy javobgarlik belgilanadi;

🚫 Banklar va to‘lov tizimlari xavfsizlik talablariga amal qilmaganligi sababli sodir bo‘lgan kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘ladi;

🚫 Jinoiy uyushma tuzish, uni moliyalashtirish, jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashish hamda jangovar sport musobaqalarini noqonuniy tashkil etish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi;

🚫 Bezorilik jinoyati uchun jazo choralar kuchaytiriladi;

🚫 Qonunga zid tarzda tashkil etilgan jangovar sport musobaqalarida ishtirok etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.