Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing!

  • Asosiy
  • Kelajakdagi muvaffaqiyatingiz kaliti bu ta’lim olishdagi tirishqoqlikdir! Yaxshi niyat bilan boshlangan ta’limni tashlab qo‘ymang, oxiriga yetkazing!

Prezidentimiz har qanday yig‘ilishda xoh u Xalqaro Investitsiya Forumi bo‘lsin, xoh Ichki ishlar jamoat xavfsizligi bo‘linmasiga tashrif bo‘lsin doim ta’limning muhimligini ta’kidlab keladilar.

Ta’lim olishda boyroq oilada tug‘ilgan yoki tabiiy o‘zlashtirish qobiliyati yaxshiroq boladan ham ko‘ra aynan tirishqoq va o‘z maqsadi sari og‘ishmay harakat qiladigan insonlar muvaffaqiyatga yaxshiroq erishishini olimlar aniqlashgan. (Shu mavzuda yaxshi TED Talk bor: https://youtu.be/H14bBuluwB8 )

IT ta’lim rezidentlarimiz ochiq suhbatda eng katta muammolardan biri aynan shu - ko‘pchilik yoshlarimiz boshlagan darslarini oxiriga yetkazmay tashlab ketishini ta’kidlashmoqda. Yoki bepul onlayn Ingliz tilini o‘rganish uchun juda zo‘r loyiha qilingan: Ibrat farzandlari (https://youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyI9KGsZ2TfeVccRv9zqP0gl) , boshidagi roliklarni yoshlarimiz yaxshi niyat bilan milliondan ortiq marta ko‘rib Ingliz tilini o‘rganishni boshlagan, lekin 25-darsgacha zo‘rg‘a 50 mingtachasi borgan, 100-darslarga esa 10 mingtacha borgan xolos. Aynan o‘sha tirishqoqlik bilan harakat qilayotgan yoshlarimiz IELTSdan ham yuqori ball olishyapti va kelgusida yaxshiroq daromad topishmoqda. Ular bilan boshida boshlagan, lekin oxiriga yetkazmay tashlab qo‘ygan millionta boshqa yoshlarning farqi faqat shu ularda tirishqoqlikni yetishmasligi. Ularni interneti va vaqti bo‘lsa ham boshqa bekorchi narsalarga chalg‘ib, o‘qishini davom ettirishga harakat qilmayapti.

Shuning uchun yozda ham internetdagi vaqtingizni bekorga sarflamay, chet tilini va kelgusida foydali ko‘nikmalarni o‘rganing. Faqat tirishqoqlik bilan belgilab olgan maqsadlaringizga erishishingiz mumkin, aks holda u faqat orzu bo‘lib qolaveradi…