“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

  • Asosiy
  • “Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

 

Bugun Toshkent shahridagi “INNO Technopark”da “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda muhandislik ta’limini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Marosim davomida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” tanlovlarining 9 nafar birinchi o‘rin sohibiga BYD Chazor avtomobillari topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Kelajak muhandislari” dasturining “Muhandis ayol” hamda xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash tanlovlari g‘oliblari ham taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/225881