Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Karl Won Ossetskiy nomidagi Oldenburg universitetiga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Karl Won Ossetskiy nomidagi Oldenburg universitetiga tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Karl Won Ossetskiy nomidagi Oldenburg universitetiga tashrif buyurdi, hamda universitet rahbariyati bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik aloqlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokalar o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida tomonlar Kompyuter injiniringi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarni muhokama qildilar.
Shuningdek, tashrif davomida Oldenburg universitetning bir nechta ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalari xususan, Dasturiy ta’minot muhandisligi ilmiy markazi (Software Engineering Research center), Sun’iy intellekt tadqiqot markazlari (Applied AI center) hamda ForWind, NEXT ENERGY va OFFIS kabi tadqiqot institutlari faoliyat bilan tanishildi. Bunda to‘liq qayta tiklanadigan energiya manbaalari hamda grid texnologiyalari asosida energiya tarmoqlarini qurish va binolarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot ishlari va yechimlari bilan tanishildi.

Maʼlumot uchun: Germaniya shimolidagi Oldenburg shahrida joylashgan Karl Won Ossetskiy nomidagi Oldenburg universiteti 1973-yilda tashkil etilgan milliy tadqiqot universiteti hisoblanadi. U Nobel mukofoti laureati Karl Won Ossetskiy sharafiga nomlangan.
Universitet 15.000 nafardan ortiq talaba va 1600 nafar professor-oʼqituvchilar va xodimlarga ega. Shuningdek, universitet innovatsion tadqiqot dasturlari hamda ijtimoiy va ekologik barqarorlikka qo‘shgan hissasi bilan jahonga mashhur. Universitet qayta tiklanadigan energiya va atrof-muhitni o‘rganishda IT va uning yechimlarini qo‘llashga katta eʼtibor qaratadi va Germaniyada ham, xalqaro miqyosda ham ushbu sohalarda yetakchi hisoblanadi.
Universitet doimiy ravishda Germaniya va xalqaro miqyosdagi yeng yaxshi universitetlar qatorida turadi. Xususan, jahonning xalqaro Times Higher Education World University reytingida 351-400 o‘rinni band etgan va Germaniyada 28-o‘rinni egallagan.