“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 22 fevral kuni "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hisobot-saylovi yig‘ilishida "Kamolot” YoIH Yunusobod tuman Kengashi raisi X.K.Narbaev, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.M.Bobomurodov, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i S.Sodiqov, Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i E.G‘.Karimova, KIF dekan muovini S.Mirzahalilov hamda 130 nafar delegatlar ishtirok etishdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1.Boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarini baholash to‘g‘risida.

2.Boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi va yetakchisini saylash to‘g‘risida.

3.Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining 2016 yildagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan "Kamolot” YoIH ning Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi B.S.Ibrohimovning hisoboti eshitildi.

Hozirgi kunda boshlang‘ich tashkilot O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2012 yil 19 noyabrdagi qarori hamda O‘zbekiston "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tomonidan 2012 yil 26 noyabrda tasdiqlangan, yangi O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotganligini va ushbu tuzilma bo‘yicha sakkizta yo‘nalishda o‘tgan davr mobaynida boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek "Kamolot” YoIH ning Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti 4900 nafarga yaqin "Kamolot” YoIH a’zolarini o‘zida birlashtirgani hamda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Hisobot yuzasidan muzokarada ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori X.M.Bobomurodov, Harakatning Yunusobod tuman Kengashi raisi X.K.Narbaevlar so‘zga chiqdilar.

Ular boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovlar, ta’lim muassasasi hududida o‘rganish va reydlar o‘tkazish, Ilmiy kengash yig‘ilishlariga masalalar olib chiqishga e’tibor qaratishni ta’kidlab o‘tishdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zoligiga universitet yoshlaridan X.Alimdjanov, O.Begimov, S.Sharapov, B.Mamurov, N.Polvonov, Z.Obbosxonov, Z.Zulfiqorov, S.Jumanazarov, G‘.Boboxonovlar saylandi.

Boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga X.Alimdjanovning nomzodi taklif etildi. Nomzod X.Alimdjanovning saylov oldi dasturi eshitildi. So‘ng uning nomzodi ovozga qo‘yilib, 90 foiz ovoz bilan boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga saylandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi X.Alimdjanov axborot berib o‘tdi. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining 2016 yildagi ustuvor masalalari (ish rejasi) ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Kun tartbidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilgandan so‘ng yig‘ilish yakunlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.