Joriy yilning 19.02.2025 sanasida ’’ DEBSEUZ ’’ loyihasini muhokama qilish maqsadida online yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 19.02.2025 sanasida ’’ DEBSEUZ ’’ loyihasini muhokama qilish maqsadida online yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Erasmus+ loyiha dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasining asosiy maqsadi – Yevropa mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi, xususan, quyosh energiyasi manbalaridagi tajribasini o‘rganish, ta’lim dasturlari bilan tanishish va O‘zbekistondagi tegishli oliy ta’lim muassasalarida mavjud samarali tajribalarni joriy etishdir. Ushbu yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi: - Loyiha boshqaruvi va koordinatsiya - Moliyaviy oqimlar va byudjetni boshqarish
- Loyihani bajarilgan ishlarini e’lon qilinishi - Bakalavriat dasturlarini tashkil etish - Yangi ta’lim dasturlarini tasdiqlash va akkreditatsiya qilish (FerPI, JizPI, KSU) va mavjud ta’lim dasturlarini yangilash - Laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish - O‘zbekistonning 2 ta hamkor texnik universitetlarida trening va hamkorlik markazlarini pilot sifatida ishga tushirish - Sifat nazorati va monitoringi -Tarqatish rejasini amalga oshirish (o‘rta muddat), Tarqatish masalalari (FERPI);
Veb-saytni tayyorlash va yangilash
- Loyiha doirasida milliy konferensiya o‘tkazishga tayyorgarlik Online yig‘ilish davomida yuqoridagi masalalar yuzasida biriktirilgan universitet xodimlari so‘zga chiqib loyihani bajarish davomidagi qiyinchiliklar va yutuqlar haqida ma’lumot berishdi. Yig‘ilish so‘ngida kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi tuzilib bajarilishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha kelishib olindi.