Joriy yilning 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Open Cyber University delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Open Cyber University delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. Ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, masofaviy ta’lim jarayonlarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.