23 may kuni Song Seok-eon Jeju milliy universiteti (JNU) prezidenti boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi. TATU va JNU o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish kelishib olindi: 
- salohiyatli talabalar va professor-o‘qituvchilarga magistratura va PhD dasturida ta’lim berish;
 - o‘quv jarayonida kredit ta’lim tizimini joriy etishda ko‘maklashish;
 - ilmiy loyihalarni bajarishda hamkorlik qilish va xalqaro maqolalar chop etish;
 - o‘quv jarayoniga professor-o‘qituvchilar almashinuvi.
 
Uchrashuv yakunida universitetlar o‘rtasida Akademik hamkorlik kelishuvi doirasida Anglashinuv Memorandumi imzolandi.
  Shuningdek, TATU talabalariga Jeju milliy universiteti to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


