Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi va Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor-o‘qituvchilari uchun Janubiy Koreyada “Invitational Training Program for TUIT” trening kurslari tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi va Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor-o‘qituvchilari uchun Janubiy Koreyada “Invitational Training Program for TUIT” trening kurslari tashkil etildi.

Mazkur trening davomida professor-o‘qituvchilar Kookmin universitetidagi “Living Lab”ining quyidagi  laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar:
Computer Vision Laboratory, Distributed Systems Laboratory, Cloud&Smart Laboratory, Natural Language Processing Laboratory, ICT Convergence System Laboratory, Open Source Software Laboratory, Distributed Intelligent Information System Laboratory, Multimodal Auditory&Intelligent Robotics Laboratory (MAIR Lab).

Shuningdek, trening davomida Kookmin universitetining yetakchi professorlari tomonidan startap ekotizimlari va IT-biznes loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Treningda olingan tajribalar TATUda innovatsion AyTi-ta’limni rivojlantirish hamda startap ekotizimini yaratishga zamin yaratadi.

Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.