Mazkur trening davomida professor-o‘qituvchilar Kookmin universitetidagi “Living Lab”ining quyidagi laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar:
Computer Vision Laboratory, Distributed Systems Laboratory, Cloud&Smart Laboratory, Natural Language Processing Laboratory, ICT Convergence System Laboratory, Open Source Software Laboratory, Distributed Intelligent Information System Laboratory, Multimodal Auditory&Intelligent Robotics Laboratory (MAIR Lab).
Shuningdek, trening davomida Kookmin universitetining yetakchi professorlari tomonidan startap ekotizimlari va IT-biznes loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Treningda olingan tajribalar TATUda innovatsion AyTi-ta’limni rivojlantirish hamda startap ekotizimini yaratishga zamin yaratadi.
Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

