“IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” tanlovi TATUda bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • “IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” tanlovi TATUda bo‘lib o‘tdi


🗓Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni munosabati bilan 2026-yil 6-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida startap va dasturiy ishlanmalar tanlovi e’lon qilindi.

✍️ Tanlovga 25 dan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etildi: talaba-qizlar, magistr qizlar, doktorantlar hamda IT sohasiga qiziquvchi ishtirokchilar zamonaviy dasturiy mahsulotlar, veb va mobil ilovalar, avtomatlashtirilgan tizimlar hamda raqamli yechimlar bilan qatnashdilar.

💬 Taqdim etilgan loyihalar xakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholandi:
• Yangilik darajasi;
• Amaliy qo‘llanilishi;
• Texnik yechimi;
• Ijtimoiy ahamiyati.

⭐️ Tanlov jarayoni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi. Loyihalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

👀 Mazkur tanlov qizlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatda IT sohasini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.

📣 Tanlovning yakuniy natijalari xaftalik yakunida tantanali ravishda e’lon qilinadi.