👨💻IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
💻 Universitetimizning Dasturiy injiniring fakulteti talabalari Qurbonov Behruz, Diyorbek Ro‘ziboyev IBM Data Science va IBM AI Engineering , Google IT Support, Google Project Managment, IBM DevOps and Software Engineering kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.
🤩 Behruzbek va Diyorbeklarni ushbu natija bilan tabriklagan holda, bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.