2020-yil 4-mart kuni IT-Park TATU qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi.
Mazkur memorandum oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan har ikki tomonning manfaatdorligidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan holda iqtidorli yoshlarni va IT-taʼlimni qoʻllab-quvvatlash ekotizimini yaratishning muhimligini hisobga olgan holda imzolandi.
Ushbu Memorandum doirasida Tomonlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni amalga oshirishga harakat qilishadi:
— Tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklik aloqalarini oʻrnatish;
— Donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilish bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish;
— Startap-ekotizimni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalar;
— Alohida dasturlarni amalga oshirish boʻyicha oʻqituvchilar va murabbiylarni oʻzaro almashish;
— Loyihalarni amalga oshirish uchun, shuningdek startap-ekotizimni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish uchun Ilmiy markazning binolari va infratuzilmasidan birgalikda foydalanish.
Mazkur bitimda boʻlgʻusi kadrlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ularga zarur boʻlgan taʼlimni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi AKT sohasini yanada jadal rivojlantirish asosiy maqsad qilib belgilandi.