#MITCROADMAP2018 anjumani: Istiqboldagi rejalar

  • Asosiy
  • #MITCROADMAP2018 anjumani: Istiqboldagi rejalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil etilmoqda. Anjumanda AKT-sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinadi.
Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 09:00 – 13:00
Spikerlar:
Azim Axmedxadjayev
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri O‘zbekiston ICT-sohasi: hozirgi holat va istiqbol
Farhod Roziyev
«O‘zbektelekom» AK Bosh direktori Milliy operatorning tubdan isloh qilinishi
Sarvar Babaxodjayev
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori IT-education: Innovatsion avlodni tayyorlaymiz
Farhod Ibragimov
Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori MUIC 360°
Hikmat Abdurahmonov
Tadbirkor, Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi (AMBiT) raisi Davlat va xususiy sheriklik: AKT vazirligi bilan hamkorlik mustahkamlanadi
Yevgeniy Birger
Konsultant
Moderator: Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari.
Anjumanda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun 2018 yilning 17 mayiga qadar http://mitc.uz/uz/conference sahifasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.