Joriy yilning 1-may kuniga qаdаr bo'ladigan Turkiyaning Istanbul shahridagi "Texnofest" festivalning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 1-may kuniga qаdаr bo'ladigan Turkiyaning Istanbul shahridagi "Texnofest" festivalning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 1-may kuniga qаdаr bo'ladigan Turkiyaning Istanbul shahridagi "Texnofest" festivalning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimi Begmatov Shoxrux Abduvaxob o‘g‘li va talabamiz Saydiakbarov Saidakmal Muzaffar o‘g‘li ham "Favqulotda vaziyatlarda qo’llaniluvchi robot"i bilan O'zbekiston vakillari qatoridan ishtirok etishmoqda.

🤝Festivalning 2-kunida Toros va Ondokuz universitetlari bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligida robotlarni loyihalash bo'yicha hamkorlikka erishildi.

Halic universiteti bilan havodan suv ishlab chiqish texnologiyasini O'zbekistonda qo'llash istiqbollari o'rganildi.

Roketsan kompaniyasi, Aselsan korporatsiyasi va Teusan R&D kompaniyalari bilan kameralar ustida taqdiqotlar o'tkazishga kelishib olindi.

Ozdisan kompaniyasi elektrik tovarlarni yetkazib beruvchi va Tekyaz 3D dasturlar tarqatuvchi kompaniya bilan aloqa o'rnatildi.