Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi. Mazkur tanlov “Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovidir.
Oʻzining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishni xohlagan talaba ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin. Tanlovga taqdim etilayotgan insholar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan boʻlishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan boʻlishi shart. Yozma materiallarning 1-nusxasida talabalarning oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi toʻliq koʻrsatiladi, 2-nuxasida oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilmaydi. Insholarni 2019-yilning 15-martiga qadar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi (A-bino, 2-qavat, 224-xona)ga topshirish mumkin.
Tanlovda ishtirok etib, oʻz iqtidoringizni namoyon qiling va qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling!
“Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovi
NIZOMI
Tanlovning maqsadi va vazifalari
1. Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt tinchligi, mamlakat hududining daxlsizligini asrashga har bir fuqaro bevosita va bilvosita masʼul ekanligi, aholaning tinch-farovon umrguzaronlik qilishini taʼminlashda har bir yosh avlod oʻzining mardligi bilan tashqaridan kelishi mumkin boʻlgan har qanday tahdidlarga qarshi turish va bu yoʻlda jon fido etish sharafli burch ekanligi borasida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.
Tanlovni shartlari va baholash mezonlari
1. Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi: - mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi; - ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yoritilganligi; - mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondoshuvlar; - mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi; - mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.
2. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi – jami 50 ball.
Hujjatlarni taqdim etish tartibi
1. Respublikadagi oliy taʼlim muassasalaridagi ikkita yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻlgan, 1-oʻrinni egallagan talabaning hujjatlari (OTM Tashkiliy qoʻmitasi bayonnomasi va qarori, gʻolib boʻlgan talabaning ijodiy ish(insho)si va 10x15 hajmdagi fotosurati) Respublika Tashkiliy qoʻmitasiga joriy yilning mart oyining 15 sanasiga qadar 2 nusxa yozma, 1 nusʼha elektron variant (CD disk)da taqdim etiladi.
2. Tanlovga taqdim etilayotgan insholar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan boʻlishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan boʻlishi shart. Yozma materiallarning 1 nusʼhasida talabalarning oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi toʻliq koʻrsatiladi, 2-nuxasida oʻqish joyi, fakulteti, kursi va taʼlim yoʻnalishi koʻrsatilmaydi.
3. Yuqoridagi talabalarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.