Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Yusupov, texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi boshlig‘i S.Mahmudjanov va sun’iy intellekt kafedrasi professori Seung Jik Li Janubiy Koreyaning Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (Electronics and Telecommunications Research Institute, ETRI)ga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida, Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot institutining (Electronics and Telecommunications Research Institute, ETRI) Kichik va o‘rta biznes innovatsiyalari markazi direktori Cho Won-Serg, Konvergensiya texnologiyalarini tijoratlashtirish markazi bosh tadqiqotchisi Hoyoung Hwang hamda bosh muhandis Haewon Lee bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (Electronics and Telecommunications Research Institute) ETRI bilan ilmiy tadqiqot, ilmiy stajirovka bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamda O‘zbekistonda yangi startap loyihalarni amalga oshirish va tijoratlashtirish masalalari o‘zaro muhokama qilindi.