Innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini
e'lon qiladi !
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo'mitasi,
O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvorliklari
doirasida respublikada ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini yanada
kengaytirish maqsadida bajarilishi 2016-2017 yillarga mo'ljallangan
innovatsiya davlat ilmiy-texnika dasturini shakllantirish uchun
innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental
va amaliy tadqiqotlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga tegishli barcha zarur ma'lumotlar, loyixalarni
rasmiylashtirishning tartibi va asosiy qoidalari bilan Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish ko'mitasining rasmiy
veb-saytida (www.uzscience.uz) tanishish mumkin.
Qo'mitaning veb-saytida keltirilgan ro'yxat bo'yicha iktisodiyot
tarmoqlari va mamlakat hududlarining aniq ilmiy-texnik muammolari
echimiga yo'naltirilgan loyixalar ustuvorlik asosida ko'rib chiqiladi.
Tanlovga loyixalar 2015 yil 5 sentyabrgacha TATU Ilmiy tadqiqot
bo'limida qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun telefon: 238-64-55, 238-64-39