Innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini e'lon qiladi !

  • Startseite
  • Innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini e'lon qiladi !

Innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini e'lon qiladi !

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvorliklari doirasida respublikada ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida bajarilishi 2016-2017 yillarga mo'ljallangan innovatsiya davlat ilmiy-texnika dasturini shakllantirish uchun innovatsion ilmiy-texnika loyixalari hamda Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga tegishli barcha zarur ma'lumotlar, loyixalarni rasmiylashtirishning tartibi va asosiy qoidalari bilan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish ko'mitasining rasmiy veb-saytida (www.uzscience.uz) tanishish mumkin. Qo'mitaning veb-saytida keltirilgan ro'yxat bo'yicha iktisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlarining aniq ilmiy-texnik muammolari echimiga yo'naltirilgan loyixalar ustuvorlik asosida ko'rib chiqiladi. Tanlovga loyixalar 2015 yil 5 sentyabrgacha TATU Ilmiy tadqiqot bo'limida qabul qilinadi. Ma'lumot uchun telefon: 238-64-55, 238-64-39