INMACOM loyihasining yakuniy uchrashuvi TATUda o‘tkazildi

  • Asosiy
  • INMACOM loyihasining yakuniy uchrashuvi TATUda o‘tkazildi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yil 3-dekabr kuni Erasmus+ dasturi doirasidagi INMACOM loyihasining (“Photonics and Optical Communications”) yakuniy Steering Committee Meeting (SCM) bo‘lib o‘tdi.

💬Tadbirda Belgiya, Italiya va O‘zbekiston universitetlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda NEO Uzbekistan vakillari ishtirok etishdi.

⏺INMACOM loyihasi haqida:
Loyiha O‘zbekistonda fotonika va optik aloqa yo‘nalishida yuqori malakali muhandislar tayyorlashga qaratilgan.
Konsorsium tarkibi:
🇧🇪 Ghent University, Vrije University Brussels;
🇮🇹 Politecnico di Torino;
🇺🇿 TATU (koordinator), O‘zMU, SamDU, TATU Urganch filiali
Noakademik hamkorlar: OTFIV, MirSolar MChJ, UZTELEKOM Xorazm filiali.

🗣SCM uchrashuvida quyidagilar muhokama qilindi:
• loyihaning amalga oshirilishi va yakuniy natijalar;
• barqarorlik strategiyalari;
• magistratura o‘quv dasturlarining joriy etilishi;
• tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalarning faoliyati;
• kelgusida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi;
• sanoat bilan hamkorlikni kengaytirish.

📈 INMACOM loyihasi natijalari O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan rivojiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, magistratura dasturlarini kengaytirish va almashinuv imkoniyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.