O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi.
🏛Mazkur fan olimpiadasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
2-o‘rin sohibi Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Abdimanabov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li.
3-o‘rin sohibi Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Qodirov Jamshid Alam o‘g‘li.
🎉G‘oliblarga kelajakda bundan-da ulkan yutuqlarga erishishishni tilab qolamiz.