Unda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashmoqda.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.
TATU rektori Professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich “Ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish tajribasi” mavzusidagi yalpi majlisini moderator sifatida olib bormoqda.