


Ilm yo‘lidagi umr — avlodlar e’zozida
🗓 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilm-fan fidoyisi, ko‘plab shogirdlar qalbidan chuqur joy olgan ustoz — professor Zaynidinov Xakimjon Nasiriddinovich xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👥 Tadbirda ustozning yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari hamda ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, respublikamizning yetuk professor-o‘qituvchilari va ustoz bilan uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan hamkasblari qatnashdilar.
☑️ Tadbir davomida Xakimjon Nasiriddinovichning ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, insoniy fazilatlari va ustozlik maktabi alohida e’tirof etildi.
🎶 O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov tomonidan ijro etilgan she’rlar va ustoz haqidagi samimiy xotiralar tadbirga o‘zgacha ruh va ta’sir bag‘ishladi.
💬 Ta’kidlanganidek, ustozning boy ilmiy merosi, ayniqsa sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ilmiy ishlari bugungi kunda ham yosh tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy maktab bo‘lib xizmat qilmoqda.
❗ Ustozning yorqin xotirasi, ilmga sadoqati va insoniy fazilatlari qalblarda hamisha yashaydi.