Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz. - O‘zbekiston Prezidenti, Shavkat Mirziyoyev.

  • Asosiy
  • Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q. Faqat ilm va ma’rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz. - O‘zbekiston Prezidenti, Shavkat Mirziyoyev.

Ayni vaqtlarda Fransiyaning Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, ayniqsa, ilmiy-texnik va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Mazkur nufuzli tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi N.M. G‘aniyev, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori B.Sh. Maxkamov hamda qator yetakchi universitetlar rektorlari ishtirok etmoqda.

✈️@tuituz_official