Ikkinchi oliy ta’limning (ikkinchi mutaxassislik) masofaviy shakli uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga:

  • Asosiy
  • Ikkinchi oliy ta’limning (ikkinchi mutaxassislik) masofaviy shakli uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2025/2026-o‘quv yili qabulida ikkinchi oliy ta’limning masofaviy shakliga hujjat topshirganlar uchun imtihonlar suhbat shaklida joriy yilning 23-avgust kuni bevosita Universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

💬Talabgorlar suhbatga quyidagi hujjatlar bilan tashrif buyurishlari kerak:

⏺Fuqarolik pasportidan 4 ta nusxa (asl nusxasi ham bo‘lishi kerak).
ID-karta bo‘lsa, my.gov.uz saytidan yashash joyi haqida ma’lumotnoma olinib, 4 ta nusxa taqdim etiladi.
⏺Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat — diplom va uning ilovasi asli hamda 2 tadan nusxasi.
⏺3.5 × 4.5 sm hajmdagi rasm — 4 dona.
⏺Ipli papka — 2 dona.
⏺A5 formatdagi konvert — 2 dona.

❗️Hujjatlarida kamchilik bo‘lgan talabgorlar suhbatga kiritilmaydi!

📍Manzil: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Universitetning “B” binosi.