Joriy yilning 18-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimi Abrorxon Mahmudov o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, boshqalarning hayotini saqlab qoldi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 18-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimi Abrorxon Mahmudov o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, boshqalarning hayotini saqlab qoldi.

Ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun u Toshkent shahar FVBB, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hamda universitetimiz rektori tomonidan alohida e’tirof etilib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🇺🇿Uning jasorati nafaqat universitet jamoasi, balki barcha yoshlar uchun ibrat bo‘lib, insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur jasoratli harakat “Milliy” telekanalining “Millar” hamda “UzReport TV” telekanalining “Tezkor chaqiruv” ko‘rsatuvlari orqali maxsus reportajlar tayyorlanib, efirga uzatildi.