“ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida IT EDUCATION forumi bo'lib o'tmoqda.

  • Asosiy
  • “ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida IT EDUCATION forumi bo'lib o'tmoqda.

Bugun, “ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida IT EDUCATION forumi bo'lib o'tmoqda. Ushbu forum doirasida "Oliy ta’lim va IT-ta’lim integratsiyasi" mavzusi bo'yicha o'zaro fikr almashildi.
📌Xorijlik mehmonlar ishtirokidagi nufuzli forumda so'z olgan TATU rektori B. Sh. Maxkamov universitetda Prezidentimizning 357-sonli qarorini ijrosi hamda ilm-fan va ta'lim klasterini transformatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida fikr yuritdilar. Shu o'rinda, aynan TATUni ilm-fan va ta'lim klasterining tayanchi sifatida tanlanganligi sabablari va talabalarni iqtisodiyotning real sektoriga yetuk mutaxassis sifatida yetkazib berishdagi istiqbolli rejalar haqida batafsil to'xtalib o'tdilar.