O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik nafaqasi) xodimlarning ijtimoiy kartalari orqali to‘lab beriladi.
Shu munosabat bilan barcha xodimlardan 2026-yil 20-iyulga qadar “Baraka” mobil ilovasini yuklab olishlari so‘raladi.
Ilova orqali:
• virtual ijtimoiy karta bepul ochiladi;
• vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan mazkur kartaga o‘tkazib beriladi.
Hurmatli xodimlardan belgilangan muddatda “Baraka” mobil ilovasini o‘rnatish va undan foydalanishni yo‘lga qo‘yishlarini so‘raymiz.