
Sizni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti Ismatov Baxtiyor Sa’dulla o‘g‘lining 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.
Ilmiy rahbar – Kuchkarova Dilarom Fayzullayevna, texnika fanlari doktori, professor
Seminar 2025-yil 5-fevral kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti 10:00.
Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Saidkulov Elyor Abdullayevichning
05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Fraktal tuzilishli yer sirtini geometrik modellashtirish va vizuallashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarga taklif etamiz.
Ilmiy rahbar – Anarova Shahzoda Amanbayevna, texnika fanlari doktori, professor
Seminar 2025-yil 5-fevral kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti 11:30.