Sizlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadigan ilmiy seminarlarga taklif etamiz.
- Tojiyeva Feruza Qobiljon qizining 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida telekommunikatsiya tarmoqlarida trafiklarni tasniflash modellari va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi, 2026-yil 17-iyun, soat 10:00, E bino, 101-xona.
- Toshtemirov Temirbek Qodirjon o‘g‘lining 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Simsiz tarmoq texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini masofadan monitoringi modeli va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi, 2026-yil 17-iyun, soat 11:30, E bino, 101-xona.