Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!

  • Asosiy
  • Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!

Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar!

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda TATUning to‘lov kontrakt summalari oshirilganligi haqida har xil gaplar tarqalgan. Shuning uchun barcha ma’lumotlarni rasmiy manbaalardan olishingizni so‘rab qolamiz.
Rasmiy manba: 👉https://tuit.uz/bakalavriat-kunduzgi

E’tiborli tomoni shundaki, IT universitetlarning aksariyati 30 mln so‘m atrofida, shunga qaramay TATU ma’muriyati talabalar ehtiyoji va ijtimoiy holatidan kelib chiqib 2 ta toifa to‘lov kontrakt shartlarini joriy qilgan.
1-Stipendiyali;
2-Stipendiyasiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda faqat stipendiyali va eng qimmat narxlar ko‘rsatilmoqda. Vaholanki 79% dan ko‘p talabamiz stipendiyasiz kontrakt to‘lashga o‘rgangan, ularga narxlar: 16 700 000 so‘m,15 300 000 so‘m atrofida...

Shuning uchun universitet haqidagi ma’lumotlarni faqat rasmiy va ishonchli manbaalardan olishingizni so‘rab qolamiz.

👉Qo‘shimcha savollarga @tatu_rasmiy_bot ushbu bot orqali javob olishingiz mumkin!