
Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar!
Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda TATUning to‘lov kontrakt summalari oshirilganligi haqida har xil gaplar tarqalgan. Shuning uchun barcha ma’lumotlarni rasmiy manbaalardan olishingizni so‘rab qolamiz.
Rasmiy manba: 👉https://tuit.uz/bakalavriat-kunduzgi
E’tiborli tomoni shundaki, IT universitetlarning aksariyati 30 mln so‘m atrofida, shunga qaramay TATU ma’muriyati talabalar ehtiyoji va ijtimoiy holatidan kelib chiqib 2 ta toifa to‘lov kontrakt shartlarini joriy qilgan.
1-Stipendiyali;
2-Stipendiyasiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda faqat stipendiyali va eng qimmat narxlar ko‘rsatilmoqda. Vaholanki 79% dan ko‘p talabamiz stipendiyasiz kontrakt to‘lashga o‘rgangan, ularga narxlar: 16 700 000 so‘m,15 300 000 so‘m atrofida...
Shuning uchun universitet haqidagi ma’lumotlarni faqat rasmiy va ishonchli manbaalardan olishingizni so‘rab qolamiz.
👉Qo‘shimcha savollarga @tatu_rasmiy_bot ushbu bot orqali javob olishingiz mumkin!