Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Huawei ICT Competition doirasida Xitoyga jo‘nab ketdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Huawei ICT Competition doirasida Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tayotgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etmoqda. 20-may kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.

100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2000 dan ortiq kollej va universitetlardan jami 210 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchilar milliy va mintaqaviy darajalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilgan to‘qqizinchi #Huawei #ICTcompetition 2024-2025 musobaqalariga qo‘shilishdi.

2024-yil dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy finalda sovrinli o‘rinni egallagan TATU talabalari final bosqichida "Sahiya" loyihasini taqdim etadilar.