Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universitetida bo‘lib o‘tgan “HR Analytics” seminarida faol qatnashdi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “HR Analytics” amaliyotini tatbiq etish istiqbollarini o‘rganish va ish jarayonida HR tahlilidan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlari o‘rganilib chiqildi.