Joriy yilning 5-9-avgust kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida “Tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” kursi bo‘yicha malaka oshirdi. Ushbu kursda qatnashishdan asosiy maqsad tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati va ahamiyatini belgilash, jamoa bilan ishlash elementlarini aniqlash, shuningdek, tashkilot va muassasalarda mojarolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish hamda hissiy intellektni oshirish bosqichlarini o‘rganishdir.
Kurs davomida boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini yanada chuqurroq o‘rganish, jamoaviy ishlashda samaradorlikni oshirish hamda tashkilot va muassasalarda mojarolarni yechishda konstruktiv yondashuvlarni qo‘llash kabi muhim jihatlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama etildi.
Bundan tashqari, hissiy intellektni rivojlantirish orqali jamoaning umumiy ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuv va modellar ham tahlil etildi.