8-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy-uslubiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiya ishi 9 ta seksiyalarda olib borildi va 251 ta maʼruza tinglandi. Konferensiya ishida taʼlim jarayoni va sifatini yana-da oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar bildirildi:
- konferensiya nufuzini oshirish, Respublikadagi va xorijdagi turdosh OTMlar professor-oʻqituvchilarini, soha korxonalarining marketing mutaxassislarini ham konferensiyaga taklif etish, shuningdek, ular bilan tajriba almashish, kadrlarga boʻlgan talabalarni oʻrganish;
- taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar oʻquv rejalarini tuzish, fan dasturlarini yaratish jarayonlarida barcha kafedralarining ishtirokini taʼminlash;
- kredit tizimining ijobiy jihatlari koʻzga koʻrinib boʻrayotgan bugungi kunda, sirtqi taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladigan tizimni ishlab chiqish va sirtqi taʼlim boʻyicha qabul kvotalarini oshirish orqali jamiyatning axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini qondirish. 9-yanvar kuni ilmiy-uslubiy konferensiya o’z ishini yakunladi.