ℹ️ Har yili 14 mart kuni dunyoda eng noodatiy bayramlardan biri - Xalqaro Pi kuni nishonlanadi.
Bu kun birinchi marotaba 1987 yilda San Francisco Exploratorium ilmiy-ommabop muzeyida nishonlangan va u 14-mart, ya'ni 𝝅 = 3,14... sonining birinchi raqamlariga to‘g‘ri keladi.
Shu munosabat bilan Kompyuter injiniring fakulteti Multimedia kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 4-bosqich talabalari ochiq ma'ruza va viktorinalar tashkil qilishdi.
Ularda Pi soni tarixi, qiziqarli ma'lumotlar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbirga East Games biznesni rivojlantirish bo'yicha direktor va VRonica asoschisi Akmal Salixov o‘z ma'ruzasi bilan tashrif buyurdi.