Joriy yilning 17-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Xitoyning bir qancha yetakchi tashkilot va kompaniya rahbarlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Xitoyning yetakchi ZTE korporatsiyasi direktori Van Guandun hamda Xitoy aloqa instituti (China Institute of Communications (CIC) ) prezidenti Mr.Vu Ouyang bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi va TATU bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etdi. Uchrashuv davomida tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish bilan ta’limni integratsiya qilish, xususan, universitetni ta’lim klasteriga aylantirish bo‘yicha mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Shuningdek, Xitoy aloqa instituti (China Institute of Communications (CIC) ) va TATU o‘rtasida o‘zaro seminar-treninglar o‘tkazish, kadrlar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, turli xalqaro forumlarni birgalikda tashkil etish, o‘quv materiallari, nashrlarni birgalikda ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasiga oid tajriba va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha sohalarida ishlash bo‘yicha kelishuvga erishilib, bu bo‘yicha hamkorlik memarondum loyihasi ishlab chiqilib kelgusi oylarda imzolanishi belgilab olindi.
Мa’lumot uchun: CIC - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Xitoyning umumdavlat notijorat akademik tashkilot bo‘lib, 1978-yilda tashkil etilgan. CIC hukumat va olimlar, texnologlar o‘rtasida ko‘prik rolini o‘ynaydi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.
CICning asosiy vazifalari akademik almashinuv, texnologik innovatsiyalar, salohiyatli kadrlarni yetishtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. CICning Xitoyda 40 dan ortiq filiallari va 60 000 dan ortiq a’zolari mavjud.