


GSDC 2026 doirasida TATU va UI GreenMetric vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🇮🇩Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global Sustainable Development Congress 2026 xalqaro kongressi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari xalqaro reyting tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
🗣️Mazkur uchrashuvlardan biri UI GreenMetric World University Rankings Chairperson — Dr. Vishnu Juwono, S.E., MIA bilan bo‘lib o‘tdi.
🌿Muloqot davomida TATUning UI GreenMetric World University Rankings xalqaro reytingidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, universitetda “yashil kampus” tamoyillarini rivojlantirish, barqaror infratuzilma, energiya samaradorligi, ekologik tashabbuslar hamda kampus barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🤝Shuningdek, tomonlar TATUda barqaror rivojlanish, ekologik kampus va yashil universitet konsepsiyasiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish, kelgusidagi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda UI GreenMetric vakillarining universitetga tashrifini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
📈Mazkur uchrashuv TATUning UI GreenMetric reytingidagi pozitsiyasini mustahkamlash, universitetda ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan tashabbuslarni kengaytirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.