AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda AT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, IT Park Uzbekistan huzuridagi Inklyuziv loyihalarni va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sabriya” loyihasi, xalqaro ta’lim grantlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni va unda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.
📌Tadbir davomida ishtirokchilar:
– soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish;
– ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar.
🎁 Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗓Sana: 12-iyun
⏰ Vaqt: 14:30
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9
⚡️AT sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!