


“First Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari o‘tkazilgan “First Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini o‘rnatdi.
Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.
💻 Quvonarlisi, ushbu yuksak natijaga erishgan chempionlar safida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Maxkambek Teshabayev ham bor!
🎉 Talabamizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyati barchamiz uchun faxr va quvonch bag‘ishlaydi. Maxkambekni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy-texnik izlanishlari hamda faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Shu kuni “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
👥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.