Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish — xavfsizlik kafolati

  • Asosiy
  • Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish — xavfsizlik kafolati

2025-yil 15-martdan 15-aprel kunigacha mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida FVB xodimlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

🟡Tadbir davomida universitet jamoasi va talabalar zilzila, yong‘in, portlash, tutun kabi favqulodda holatlarda qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni egalladilar. Maxsus mashg‘ulotlarda “Qalqon” talabalar guruhi ishtirok etdi va ular uchun alohida yo‘riqnomalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholini, xususan, yoshlarni favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ogohlikka chorlash, xavfsizlikka oid me’yorlarga qat’iy amal qilishga undash hamda universitet hududida barqaror xavfsiz muhitni shakllantirishdir. Universitetimiz nafaqat zamonaviy ta’lim berish, balki xavfsizlik masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Universitet hududi barcha zarur texnik vositalar bilan jihozlangan, xavfsizlik bo‘yicha tegishli choralar izchil amalga oshirilmoqda.